Вверх
Вторник, 14-Мая-2024, 14:04
| RSS


Меню сайта
Категории раздела
DUNYO YANGILIKLARI / XORIJ XABARLARI [50]
QIZIQARLI MA'LUMOTLAR / ANTIQA YANGILIKLAR [50]
FOYDALI MASLAHATLAR / KERAKLI MA'LUMOTLAR [55]
PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI [25]
Pazandalik sirlari / Ayollar oshxonasi / Ovqatlar qilishni o'rganish [39]
Tort qilishni o'rganish / Tort tayyorlash retseptlari / o'rganish [6]
Mazali shirinliklar tayyorlash / Pishiriqlar qilishni o'rganish [33]
Salat tayyorlash / Mazali salatlar retseptlari [13]
Sevgi haqida / Sevishganlar uchun maslahatlar / Psixolog maslahati [6]
Hayratomuz video yangiliklar / Videolavhali xabarlar [14]
Fikr mulohazalar / Baxs munozaralar [21]
Bolalar salomatligi / Bola tarbiyasi [5]
Boy bo'lish sirlari / Pulni ko'paytirish / millioner bo'lish yo'llari [9]
Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari / Shifokor maslahati [46]
Shou biznes yangiliklari / O'zbek estradasi [13]
Munajjimlar bashorati / Burjlar olami 2017-2018 [9]
Futbol yangiliklari / Futbol haqida ma'lumotlar / Gollar [19]
Go'zallik sirlari / Maftunkor chiroyli bo'lish usullari [24]
Psixolog maslahatlari / Ruhshunos tavsiyalari [10]
Yurtimiz yangiliklari / Maxalliy xabarlar / O'zbekiston yangiliklari [19]
Qiziqarli maqolalar / Mutolaa / Hikoya va Voqealar [7]
Yurtimiz viloyatlari haqida / O'zbekiston hududlari haqida ma'lumot [14]
Jinoyat va Jazo [5]
Savol Javoblar / So'ragan edingiz [13]
Mobil telefon sirlari / Telefonlar haqida ma'lumotlar [10]
AYOLLAR BO'LIMI / AYOLLAR UCHUN MASLAHATLAR [22]
Chiroyli Tabriklar / Tilaklar / She'rlar / Ajoyib so'zlar [6]
1-Aprel hazil kuni uchun ajoyib gaplar [3]
Kino va Seriallar haqida ma'lumotlar va Voqealar rivoji [29]
Ichimliklar tayyorlash / Foydali chimlik suvlari [2]
Лучшие Афоризмы
AYOLLAR HAQIDA AFORIZMLAR MANOLI GAPLAR / Афоризмы о женщинах
SEVGI MUHABBAT HAQIDA AFORIZMLAR OLAMI / MANOLI GAPLAR
AYRILIQ ARMON HAQIDA STATUSLAR / AFORIZMLAR/ MANOLI VA AQLLI GAPLAR
PUL BOYLIK HAQIDA AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR / STATUSLAR
DO'STLIK HAQIDA AFORIZMLAR / DO'ST HAQIDA STATUSLAR / MANOLI GAPLAR
UMR ,VAQT, HAYOT HAQIDA DONO AFORIZMLAR / MANOLI SO'ZLAR
HAZIL AFORIZMLAR / KULGULI AFORIZMLAR / PRIKOL GAPLAR / STATUSLAR
TALABALAR HAQIDA AFORIZMLAR / STUDENTLAR HAQIDA STATUSLAR
ARALASH STATUSLAR / YANGI AFORIZMLAR / MANOLI GAPLAR TO'PLAMI
Категории рассказы
SEVGI HAQIDA HIKOYALAR / MUXABBAT QISSALARI / ARMONLI VOQEALAR
OTA ONA HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VOQEALAR / REAL XIKOYALAR
DO'STLIK HAQIDA HIKOYALAR / TASIRLI VA QIZIQARLI VOQEALAR
DETEKTIV HIKOYALAR / IZQUARLAR HAQIDA HIKOYALAR / QISSALAR
BOLALAR UCHUN ERTAKLAR / ERTAKLAR OLAMIGA SAYOHAT
ARALASH HIKOYALAR / XAR XIL HIKOYALAR TO'PLAMI
TA'SIRLI HIKOYALAR / REAL VOQEALAR / AJOYIB HIKOYALAR
HAJVIY HIKOYALAR / HAJVIYALAR / KULGILI HIKOYALAR
IBRATLI HIKOYALAR / HIKMATLI RIVOYATLAR
Мини-чат
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 337
Статистика
Главная » 2017 » Январь » 31 » Qoshlar biz haqimizda nima deydi? (Psixalogiya)
Рекомендуемы
10:48
Qoshlar biz haqimizda nima deydi? (Psixalogiya)

Qoshlar har bir shaxs ichki tuyg‘ulari, psixik holatini namoyon etadigan vosita. Hayrat, kulgu, quvonch, qayg‘u barcha irqlarda bir xil. Bu yuzning qoshlar joylashgan hududida miya elektromagnit impulslariga ta’sir etuvchi biologik faol nuqtalar mavjudligidan dalolat beradi.

Yig‘layotgan bolani tinchlantirish uchun avval uning peshonasini, keyin esa asta-sekin qoshlarini silash kerak, shunda u tinchlanib, uyquga ketadi. Shuningdek, faol hissiy qo‘zg‘alishdagi (hayajonlanayotgan, jahli chiqqan) kishining peshonasiga yoki qoshlari o‘rtasiga tikilib turib so‘zlasangiz, o‘zini bosib olishiga yordam bergan bo‘lasiz.

QADIM ShARQ ShYe’RIYaTIDA QOShGA MUNOSABAT

Lirik she’riyat qoshni kamonga, oyga qiyoslaydi. Undan hayratlanadi. Sharq olimlari asrlar osha o‘zga madaniyatlardan farqli o‘laroq, qoshlarga, ularning kishi hissiyotlariga ta’siri, salomatlikka alohida e’tibor qaratganlar. Bu o‘rinda, qoshlarning ko‘rinishi, diqqatni tortuvchi xususiyati e’tiborga olinadi.

Qoshni parvarishlash O’rta Osiyo xalqlarida, Hindiston va Xitoyda milliy urf-odat darajasiga ko‘tarilgan. Bunda ular qoshlarning inson hayoti, buguni va kelajagiga ta’siri beqiyos ekanini bilganlaridan darak beradi.

Xususan, ota-bobolarimiz o‘tgan davrlarda yoshlarni kechki dasturxon yig‘ishtirilishi oldidan qo‘y yog‘ida damlangan oshdan qolgan moy bilan qoshlarini yog‘lashga majburlashar edi. Ma’lumki, yorqin, yaltirab turuvchi, silliq qosh kishining sog‘ligi yaxshiligidan, ruhiy barkamolligidan dalolat beradi. Ajdodlarimiz buni yaxshi tushunganlar.

O’rta Osiyoda, ayniqsa, O’zbekistonda o‘sma qo‘yish va ayollar qoshini parvarish qilish an’anaviy urf-odatga aylanib qolgan. Masalan, qari momo yoki bobo erta bahor nabiralari uchun o‘smaning eng yaxshi turidan ekib qo‘yar edi. Bahorda mahalla ayollari yig‘ilib, birgalikda o‘sma qo‘yishardi. Shunisi qizikki, ular qo‘yilgan o‘sma yordamida imkon qadar qoshlarini uzaytirardilar. Xitoy fiziognomistlari fikriga ko‘ra, uzun qosh kishilarning muloyim munosabatlariga zamin yaratar, qolaversa, bunday qoshli kishining umri uzun bo‘lar ekan.

O’sma qo‘yayotgan qizlar qoshlari oralig‘ini tutashtirishga intilishida qanday sir bor? Yana xitoyliklar ma’lumotiga murojaat etadigan bo‘lsak, tutashgan qoshli qizlar, umuman tutash qoshli kishi ota-onalaridan uzoqqa ketmaydi, yaqinida yashaydi, qizlar uzoqqa turmushga berilmaydi. Bu omilning yana bir talqini, kishining quvvati ko‘p bo‘lsa, qoshlari orasi yaqin, tutash bo‘ladi.

Xitoy falsafasiga ko‘ra, inson fikrlashi, uning dunyoqarashi qoshdagi har bir tukka bog‘liq ekan. Shuning uchun qosh terishga ma’lum yoshga yetgandagina ruxsat beriladi.

Besaranjom o‘sgan qoshni parvarishlamaslik shaxsni beparvolikka, yomon oqibatlarga olib borishi mumkin. Ajdodlarimiz nasihatlariga ko‘ra, qoshni qancha parvarishlasak, uni tarab, uqalab, oz-moz moylab tursak ichki tuyg‘u va xohishlarimiz, hissiyotlarimiz va xulq-atvorimizni saranjom qilgan bo‘lamiz.

Qoshlar orqali shaxs xulq-atvorini tahlil qilmoqchi bo‘lganimizda, avvalo kallaning uzunligi, ingachka-yo‘g‘onligi, rangi, ularning simmetriyasi va mutanosibligiga e’tibor berishimiz kerak.

Ko‘pchilik odamlarda qoshlar assimmetrik joylashgan bo‘ladi. Simmetrik qoshlar yaxshi salomatlik, kayfiyatdan darak beradi. Bunday kishilar omadli hisoblanadilar.

Agar kishining chap qoshi o‘ngdagisiga nisbatan qalin bo‘lsa, maqsadlariga bemalol erishadi. O’ng qosh qalin bo‘lsa, bunday shaxs rejalashtirgan ishlarini ortga surib yuraveradi.

Chap qoshning shakli shaxsiy hayotiga bo‘lgan munosabatni bildiradi, o‘ng qosh shakli shaxsning tashqi dunyoga, ish faoliyatiga munosabatini ko‘rsatadi.

Tahlil qilishga asos sifatida uchta shakl belgilangan:

– tekis;

– qayrilgan;

–  siniq.

O’z tahlilingizni qoshlar orasidagi masofadan, ularning quyuqligi va qalinligidan boshlang.

Qisqa qoshlar — pessimist, qaysar kishilarga xos. Bunday shaxs jizzaki, hissiyotlarga berilib harakat qiladi.

Uzun qoshlar — kishi do‘stona xarakterli, ota-ona va oilaga bog‘langanligi, yaxshi estetik didga ega ekanligini, biroq, ko‘pincha o‘ziga ishonmasligini bildiradi.

Ingichka qosh egalari o‘zini doimo nazorat qilib turadilar. Ular uchun ish faoliyatida, oilada tartib hamma narsalardan ustun. Biroq ortiqcha tartiblilik ayrim hollarda boshqalar bilan munosabatlarini taranglashtirib turadi. Nizo paytlarida bunday kishilar iloji boricha o‘zini chetga tortadilar. O’ziga qandaydir baho berish, xulq-atvorini nazorat qilib turish asabiylikka olib boradi. Oilaviy hayoti totuv, ular yaxshi er va ajoyib bekadirlar.

Quyuq qoshlar shaxsning hazilkashligi, doimo xursand yurishini, sayyohatlarga ishqibozligini ko‘rsatadi. Qoshi qalin shaxslar yoshligidan katta yutuqlarga erishadilar. Ularda yangi va qiziqarli g‘oyalar doimo qaynab turadi. Qalin qosh baxt va omadni namoyon etadi. Qalin, tekis, yaltiroq qora qoshlar kishi sog‘ligi yaxshiligini bildiradi.

Yaqin joylashgan qoshlar shaxsning rashkchi ekanini bildiradi. U ko‘pincha o‘ziga ishonadi. Boshqalarning fikriga kam qo‘shiladi. Uning rashkchiligi shaxsiy hayoti, boshqalar bilan munosabatiga doimo sovuqlik solib turishi mumkin.

Uzoq oraliqli qoshlar egalari mehnatsevar ekanliklaridan darak beradi. Ishga bo‘lgan munosabati, chidam va saboti atrofdagilarda katga hurmat uyg‘otadi. Katta lavozimni egallab turgan bo‘lsa-da, bunday kishi o‘zini juda kamtar tutadi. Oilaga ishonadi va oila unga kuch-quvvat berishini yaxshi biladi.

Tutashgan qoshlar.  Negadir, xitoy olimlari, bunday qoshlar muammoga ko‘p duch keladigan shaxslarga xos, degan fikrda. Ular har qanday, hatto o‘ziga daxlsiz muammoni o‘ziga moslashtirib olib, hijolat chekib yuradilar. Shu bilan birga, muammolarni yurakka juda yaqin oladilar, birov xafa qilsa, bu xafagarchilik umrining oxirigacha esida qoladi. Bu shaxslar 35 yoshga yetganda omad kulib boqadi. Ular doimo musobaqalashishni istaydilar. Fiziognomikaga oid adabiyotlarda ularga ko‘proq o‘zini avaylash, tinchlik kerakligi ta’kidlanadi.

Qayrilma qoshlar ko‘proq ayollarga xos. Ular shaxsning zotliligidan darakdir. Bu qoshlar doimo o‘ziga jalb etib, qosh egalari chiroyli hayotni, to‘kinchilikni hamma narsadan yuqori qo‘yadilar. Ular orzumand kishilardir. Bunday qoshga ega ayollar bola tarbiyasi, uyda tartibni saqlashga katta e’tibor qaratishadi. Umuman, ular go‘zallikka oshufta, atrofdagilarni o‘ziga tortishga qiziqadilar. Juda hissiyotli kishilardir.

Uchburchak, patsimon qoshli shaxslarga «Ilonning yog‘ini yalagan» deya baho berilgan. Ular hodisalarni, shaxslararo munosabatlarni sezib turadilar, bolaliqdan hukmdorlikka intiladilar. Vaqti kelganda o‘zini juda baland tutadilar. Payti kelib, ular diniy-falsafiy fikrlarga qiziqib, ilohiyatga kirishib ketadilar. Bunday shaxslar jozibador kishilar bilan darhol til topa olishadi.

Tekis qoshlarSharq falsafasiga ko‘ra, bunday qosh egalari yoshligidan o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishadilar. Ularga omad doim kulib boqadi. Hayot yo‘llari tekis, mayda omadsizliklar ularga ta’sir qilmaydi. Qaerdan daromad kelishini ichki sezgi bilan his etib turadilar. Hech qachon omadni qo‘ldan bergisi kelmaydi. Bunday qosh egalari jismonan sog‘lom bo‘lib, ular orasida yaxshi sportchilar ko‘p uchraydi. Xayolparastlik ularga xos emas.

Jingalak qoshlar, yuqorida ta’kidlanganidek, jingalak fikrlarni dunyoga keltiradi. Ularning hatto harakatlari ham ma’nosiz. Katta intellektual darajaga ega bo‘lsa ham, kasb mahoratlarini oshirishga qiziqmaydilar. Ular 30 yoshgacha yaxshi lavozimga erishib, 30 yoshdan so‘ng unga nisbatan qiziqishlari so‘nadi. Shaxsiy, oilaviy hayotda qonuniyatlarga amal qilishmaydi, tartibsizlikka odatlangan. Bunday kishilar, haqiqatan ham, qoshlarini parvarish qilib turishlari maqsadga muvofiqdir.

Siniq qanotsimon qoshlar. Bu toifa shaxslar doimo har bir narsani (moddiy, ma’naviy) o‘z nazoratida ushlab turmoqchi bo‘ladilar. Bu ko‘rinishdagi qoshlar, ayniqsa, ayollarda, bo‘lajak liderlik belgisidir. Har qanday uchrashuvga, muloqotga avvaldan tayyorgarlik ko‘rib oladi. Ular hushyor, kim bilan qanday gaplashishni anglab turadilar va adashmaydilar. Har doim homiylar izlashadi hamda ularni o‘zlariga bo‘ysundirishga intiladilar.

Shunday qilib, qoshlar yordamida shaxsga baho bermoqchi bo‘lsangiz, qoshlarning joylashishiga ham diqqat qiling.

Qosh chetlari yuqori ko‘tarilgan shaxslarni «taqdir erkatoyi» deyish mumkin. Ular har narsada omadga o‘zgalar hisobidan erishadilar.

Chetlari pastga tushgan qosh egalari pessimistik xarakterga ega bo‘lib, irodasi, qiziqishi, intilishi faol bo‘lmagan kishilar hisoblanadilar. Shaxsiy hayotda atrofdagilarga ortiqcha ishonib yuboradilar, biroq rostgo‘ylik va to‘g‘rilikni yoqtiradilar.

Ko‘zga yaqin joylashgan qoshlarBunday shaxslar doimo qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Intellektual darajasini orttirib boradilar. Yuklatilgan vazifa yoki ishni darhol bajarishga intilishadi. Ularning nutqi tez, zehni o‘tkir, optimist, biroq tanqidni qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Agar suhbatdoshi sekin gapirsa, gapini bo‘lishga harakat qiladilar. Tabiatan juda tartibli bo‘ladilar.

Miloddan avvalgi 340 yilda Aristotel o‘zining «Physiognomika» kitobida shunday yozadi: «Tekis koshlar, muhitning moyilligi haqida dalolat beradi, tutashgan qoshlar esa kuchli rashkni bildiradi, agar shu qoshlar chakka tomon qayrilgan bo‘lsa, shaxsning o‘yin-kulgu va mug‘ombirlikka tashnaligini ifodalaydi.

– Burun tomon egilgan qoshlor — keskinlik va kuchlilik alomatidir;

–  tutashgan qoshlar — intiluvchan va topqirlik, kuchli, to‘g‘ri xulq-atvor;

– qosh bir qismining teskari yo‘nalishi — qat’iylik, sharoitga tez moslashaolmaslik;

–  uzuq qoshlar (oraliqlar yoki bo‘shliqlar) – sotqinlik, firibgarlik;

– uzun, qalin qoshlar — iliqlik, ishonchlilik.

SAMO tayyorladi.

 


Категория: PSIXOLOGIK TESTLAR / QIZIQARLI O'YINLAR / PSIXOLOG MASLAHATI | Просмотров: 5638 | Добавил: admin | Теги: psixologik testlar, Biz, xarakter bilish testi, psixologik o'yinlar, qiziqarli o'yinlar, Qoshlar, haqimizda, deydi?, nima, (Psixalogiya) | Рейтинг: 0.0/0
Не забывайте оставлять комментарии
Всего комментариев: 0
avatar
Поиск по сайту
Погода
Вторник 14-Мая-2024
Яндекс.Погода

Yangiliklar








Смотреть все новости
Лучшие стихи
ABDULLA ORIPOV SHE'RLARI / HALQ SHOIRI ABDULLA ORIPOV BARCHA SHE'RLARI
AHAD QAYUM SHERLARI / АХАД КАЮМ ШЕРЛАРИ / AHAD QAYUM YANGI SHE'RLARI TO'PLAMI
AYRILIQ / ARMON / ALAM / AZOB HAQIDA TA'SIRLI SHERLAR
DO'ST HAQIDA SH'ERLAR / DO'STLIK HAQIDA SHE'R / Стихи о дружбе
ERKIN VOHIDOV BARCHA SHERLARI / ЭРКИН ВОХИДОВ БАРЧА ШЕРЛАРИ
English poems, love poems in English / Inglizcha she'rlar / Ingliz tilida yangi she'rlar
Hayot haqida ta'sirli she'rlar / Umr haqida dardli she'rlar
HAMID OLIMJON SHERLARI / ХАМИД ОЛИМЖОН ШЕРЛАРИ / O'ZBEK SHOIRI
HAYIT BAYRAMIGA CHIROYLI VA MANOLI SHE'RLAR / ХАЙИТ БАЙРАМИГА ЯНГИ ШЕРЛАР
IBRATLI VA HIKMATLI SHE'RLAR / MANOLI VA TASIRLI SHERLAR
MARHABO KARIMOVA SHE'RLARI / МАРХАБО КАРИМОВА ШЕРЛАРИ
MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARI / ANDIJON SHOIRI MUHAMMAD YUSUF SHERLARI
OTA ONA HAQIDA SHE'RLAR / ОТА ОНА ХАКИДА ТАСИРЛИ ШЕРЛАР
O'ZBEK SHOIRLARI IJODIDAN / O'ZBEKISTON BUYUK SHOIRLARI SHE'RLARI
TABRIK SHE'RLARI / TABRIK SO'ZLARI / ПОЗДРАВИТЕЛЬНЫЕ СТИХИ
TALABALAR UCHUN SHE'RLAR / Стихи для студентов
TO'Y HAQIDA JUDA TASIRLI SHE'RLAR / YOR YOR HAQIDA ALAMLI SHE'RLAR
SMS QISQA SHE'RLAR / СМС КОРОТКИЕ СТИХИ
SMS MAKTAB HAQIDA SHE'RLAR / SINFDOSH HAQIDA SHE'RLAR / Школьные Стихи
SMS HAZIL SHERLAR / KULGILI SHERLAR / PRIKOLLAR
SEVGI IZHORLARI HAQIDA SHE'RLAR / SEVGI ZHORLARI / DIL IZHORLARI
SEVGI MUHABBAT HAQIDA SHERLAR / СТИХИ О ЛЮБВИ
VATAN HAQIDA SHE'RLAR / O'ZBEKISTON HAQIDA YANGI SHE'RLAR / Стихи о РОДИНЕ
YANGI YIL UCHUN SHE'RLAR 2017 2018 2019/ СТИХИ ДЛЯ НОВОГО ГОДА
ZULFIYA SHERLARI / O'ZBEK XALQ SHOIRI ZULFIYA SHERLARI / ЗУЛФИЯ ШЕРЛАРИ
8-MART AYOLLAR BAYRAMIGA SHE'RLAR / XOTIN QIZLAR BAYRAMIGA TABRIK SHERLAR / 8 марта Женщины праз...
14-FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI UCHUN SHE'RLAR / Стихи для Дня святого Валентина 14 февраля,
14-YANVAR VATAN HIMOYACHILARI UCHUN SHERLAR / YIGITLAR UCHUN SHERLAR
СМС валентинки СМС в день Святого Валентина, 14 февраля, СМС валентинки
Стихи о любви / Красивые стихи
MENING IJODIM / YOSH SHOIRLAR SHE'RLARI TO'PLAMI
ARALASH SHE'RLAR / XAR XIL TA'SIRLI SHE'RLAR TO'PLAMI
TURSUNOY SODIQOVA SHE'RLARI TO'PLAMI / O'GIRTLARI
TURKCHA SHE'RLAR / Türk Şiirleri / Турецкие Стихи
Поиск
Календарь
«  Январь 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Архив записей
Друзья сайта
  • www.Mediauz.net
  • www.Zamonaviy.net
  • www.Ziyo-music.com
  • www.Antiqa.uz
  • Copyright SHERLAR.NET © 2024
    Вопросы или предложения Присылайте на sherlar8020@gmail.com.
    uCoz